Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan “Ogahiy” hujjatli filmi taqdimoti bo’lib o’tdi

14.09.2021, 09:43 Yangiliklar 1133

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kinematografiya agentligi bilan Ogahiy haqidagi hujjatli filmni yaratdi.
Ahamiyatli jihati shundaki, bugungi yosh avlod ushbu film orqali ulug‘ ajdodimiz hayoti va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi. Qayd etish kerakki, buyuk mutafakkir Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludiga 211 yil to‘ldi. Buyuk tafakkur egasi, ulkan shoir, xassos tarixchi, zabardast tarjimon, davlat arbobi Ogahiydan beqiyos o‘lmas meros qolgan. Adib, ijodining betakror olami, tarixiy va tarjima asarlari hozirgacha o‘zbek o‘quvchilarining sevimli asarlari qatorida turadi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi oldida “Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna” yo‘nalishi bo‘yicha sharafli ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Muxlislar e’tiboriga havola etilgan ushbu film qatorida universitet jamoasi adib haqida ko‘plab ilmiy maqolalar, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda.

Batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havolada tanishing 👇🏻
http://uza.uz/posts/301331

26FD21F7-29D2-46CB-9D2C-C8EE7AAB5B73

DCF8BFE8-D30D-4F61-A16A-460B695F40F2