Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni chuqur o‘rganishning dolzarb vazifalari to‘g‘risida” mavzusida davra suhbati

28.01.2020, 21:52 Yangiliklar 1368

28-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan konseptual g‘oyalarni chuqur o‘rganishning dolzarb vazifalari to‘g‘risida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir ToshDSHI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Davra suhbatini ochar ekan, fakultet dekani prof. Q.Omonov Prezidentimizning Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo ommaviy axborot vositalarida keng tahlil qilinayotganligi, hayotimizning har bir sohasiga Murojaatnomada e’tibor berilganligi, shuningdek, mamlakatimizda ilm-fan yanada ravnaq topishi, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat egasi etib tarbiyalash bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2020 yil – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganligi, barchamiz ta’lim sohasi vakili bo‘lganligimiz sababli mazkur xujjatni chuqur o‘rganishimiz, tahlil etishimiz kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri prof. U.Idirovga o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Parlamentga murojaatnomasidagi asosiy fikrlarni aytib, har birini alohida tahlil qilib o‘tdi. Kafedra dotsenti N.Saydaliyev Murojaatnomada O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish va shu asosda mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etish kabi dolzarb masalalar o‘rin olganligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Davra suhbati oxirida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob oldilar.

photo_2020-01-31_16-45-38- photo_2020-01-31_16-45-36- photo_2020-01-31_16-45-35- photo_2020-01-31_16-45-32-