Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish bo‘yicha tadbir

31.01.2020, 12:27 Yangiliklar 1296

31-yanvar kuni TDShI Xitoyshunoslik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika “Oila ilmiy-amaliy markazi”ning Mirobod tuman bo‘limidan Yoqutxon To‘laganova, tuman Mahallalar Kenganshidan G‘anisher Eshonqulov, “Al-Badr” jom’e masjidi imom xatibi Odilxon Xolmurodov, “Oybek” mahallasi otinoyisi Marhabo Mirzajonova hamda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘rayevalar ishtirok etishdi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, yoshlarni turli diniy oqimlar ta’siridan himoya qilish, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish bo‘yicha yoshlar oldida turgan muhim vazifalar Murojaatnoma asosida tushuntirib berildi. Tadbir so‘nggida “Farzand omonat” hujjatli filmi namoyish etildi.

photo_2020-01-31_16-45-38- photo_2020-01-31_16-45-36- photo_2020-01-31_16-45-35- photo_2020-01-31_16-45-32-