Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali bilan “Kitob – ma’rifatning qanoti” mavzuidagi ma’rifiy uchrashuv

10.10.2019, 16:41 Yangiliklar 1747

10 oktabr kuni ToshDShI Madaniyat saroyida Sharq filologiyasi fakulteti va “Tarjimashunoslik” kafedrasi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli tarjimon, professor Muhammad Ali bilan “Kitob – ma’rifatning qanoti” mavzuidagi ma’rifiy uchrashuv, Muhammad Ali asarlari ko‘rgazmasi va taqdimoti o’tkazildi. Yozuvchi o‘zining “Ulug‘ saltanat” nomli tetralogiyasi va uning yaratilishi, shuningdek, boshqa asarlari, badiiy tarjimalari haqida talabalarga so‘zlab berdi va o‘zining qator kitoblarini institut kutubxonasiga sovg‘a qildi. ToshDShI talabalari bilan qizg‘in muloqot, savol-javoblar tarzida o‘tgan tadbir she’rxonlikka ulanib ketdi.

photo_2019-10-11_16-43-05 photo_2019-10-11_16-42-58 photo_2019-10-11_16-43-10 photo_2019-10-11_16-43-09 photo_2019-10-11_16-43-08 photo_2019-10-11_16-43-06