Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOVNING 80 YILLIGIGA TDSHU rahbariyati va jamoasidan MUNOSIB TUHFA!

04.08.2021, 21:06 E'lonlar 1827

Sevimli adibimiz, O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOVNING 80 YILLIGI munosabati bilan TDSHU “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dotsenti, tarjimon Xayrulla Hamidov va shogirdlari tomonidan adibimizning bir qancha mashhur hikoyalari va asarlaridan parchalar turk tiliga o‘girilib, Ötkir Haşimov. “Seçme Hikâyeler” (“O‘tkir Hoshimov. Tanlangan hikoyalar”) nomi ostida nashr qilindi!

Kitobda yozuvchi asarlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, iqtidorli olima, TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaning kirish so‘zi hamda Rustam Sharipov va Xayrulla Hamidovning O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalari ham o‘rin olgan.

Mutolaangiz yoqimli bo‘lsin.

8559FE68-6E78-493A-8AE1-BB4604500B72 5C3CE676-C5C7-4355-B64F-A36B5DCB9E5E 4FAB049D-3EA2-46AB-B2D4-6169537DC801