Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zRFA Tarix instituti direktori professor Azamat Ziyo bilan o’zaro hamkorlik masalalari muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv

16.01.2020, 21:30 Yangiliklar 3265

16-yanvar kuni ToshDSHI Tarix va falsafa fakultetida O‘zRFA Tarix instituti direktori professor Azamat Ziyo bilan o’zaro hamkorlik masalalari muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’ib o’tdi.Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirni ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyeva o’z kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zRFA Tarix instituti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘trasidagi korporativ hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, fan va ta’lim integratsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, tarixshunoslik va manbashunoslik sohasida malakali sharqshunos kadrlarni tayyorlash masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.O‘zRFA Tarix instituti direktori prof. Azamat Ziyo so‘zga chiqib, Tarix institutida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar, tarixni davrlashtirish masalasi, turli tillardagi manbalar asosida Markaziy Osiyoning haqqoniy tarixini yaratish, buning uchun hozirgi kunda xorijiy sharq tillarini biladigan malakali sharqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi, bu sohada kadrlar muammosini hal qilish, Tarix institutida Sharq mamlakatlari tarixining turli davrlarini o‘rganadigan bo‘limlar ochish va amalda borlarining faoliyatini jonlantirish, etnologiya masalalari bilan shug‘ullanish, birgalikda turli ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.Tadbir davomida O‘zRFA Tarix instituti bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan muhim vazifalar, jumladan, fan va ta’lim integratsiyasi masalasi, talabalar amaliyotini tashkillashtirish, Sharq mamlakatlari zamonaviy davr tarixini o‘rganish, malakali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan hamkorlikdagi ilmiy seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinib, O‘zRFA Tarix instituti va ToshDShI rahbariyati o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazib turish, talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun tadqiqot ishlari uchun  mavzular bazasini  hamkorlikda yaratish, amaliyotchilar ishini koordinatsiya qilish uchun koordinatorlarni tayinlash, kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini tuzishga kelishib olindi.Davra suhbatida O‘zRFA Tarix instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Mahmudov, bo‘lim boshliqlari A. Ashurov, D. Ziyayeva, Sh. Rahmatullayev, A. Otaxo‘jayev, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev, ToshDSHI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Abdullaev, Tarix va falsafa fakulteti dekani Z.Qodirov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistratura va bakalavr bosqichi talabalari ishtirok etib, ikki institut o’rtasidagi o’zaro hamkorlik masalari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2020-01-23_13-08-54-300x200 photo_2020-01-23_13-08-52-300x200 photo_2020-01-23_13-08-50-300x200 photo_2020-01-23_13-08-46-300x200