Piza universiteti professori Erasmus+ imkoniyatlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari haqida ma’ruza qildi
2026-yil 10-iyunda Piza universiteti professori dr. Michele Pagano Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi professor-o’qituvchilari, doktorantlari hamda magistrantlariga «Piza universiteti ta’lim yo’nalishlarida qo’llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar» mavzusida pedagogik mahorat darsini o’tkazdi. Professor Paganoning maruza davomida bergan ma’lumotlari asosida kafedra professor o’qituvchilari, doktorantlar hamda magistrantlar o’z malaka va ko‘nikmalarini boyitdilar. Shuningdek, ma’ruza davomida dr. Pagano Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi professor o’qituvchilariga Erasmus dasturi doirasidagi loyihalar, grantlar va ularning maqsadlari, xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Professor-o’qituvchilar dr.Paganodan xalqarolashtirish masalasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ma’ruza so’ngida TDSHU Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi hamda Piza universiteti bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarish masalasi kelishib olindi.
