Pokiston Milliy mudofaa universiteti professori, Dr. Rashid Ahmad talabalarga ma’ruza o’qidi
Pokiston Milliy mudofaa universiteti Nizo va tinchlik tadqiqotlari markazi professori, afg’onshunos olim Dr. Rashid Ahmad «Xalqaro munosabatlar» yo’nalishi va urdu tilida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Afg’onistondagi etnik tarkibning tuzilishi va tarixiy shakllanish jarayonlari, etnos va qabilachilik munosabatlarining o’ziga xosligi va ushbu aloqalarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ta’siri yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tildi.
Talabalar ma’ruza so’nggida nafaqat o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, balki ma’ruzada ta’kidlangan ma’lumotlar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini ham bildirib o’tdi.


