Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Pokiston ta’lim vaziri TDŞUga taşrif buyurdi: ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

27.10.2026, 19:26 Yangiliklar 55

2026-yil 27-oktabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik universitetiga Pokiston Islom Respublikasining taniqli siyosatçisi va davlat arbobi, Federal ta’lim va kasbiy tayyorgarlik böyiça davlat vaziri Vajiha Qamar (Wajiha Qamar) xonim boşçiligidagi yuqori darajali delegatsiya taşrif buyurdi.

Vazirga uşbu taşrifda Pokiston Oliy ta’lim komissiyasi vakili Ziyo Sohib hamda ta’lim vazirligi mas’ul xodimi janob Saed Bilol hamrohlik qildi. Yuksak darajadagi mehmonlarni TDŞU rektori, professor S.A. Nasirova hamda öquv işlari böyiça prorektor Z.I. Alimov kutib oldi.

Uçraşuv davomida tomonlar ikki mamlakat örtasidagi madaniy va akademik aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida bir qator istiqbolli masalalarni muhokama qildilar. Muzokaralar markazida quyidagi muhim yönalişlar turdi:
-Ikki mamlakat bolalar adabiyotini yangi tarjima va mualliflik kitoblari bilan boyitiş, özbek va urdu tillaridagi asarlar almaşinuvini yölga qöyiş;
– Pokistonning Peşovar universiteti hamda Zamonaviy tillar milliy universiteti (National University of Modern Languages — NUML) bilan TDŞU örtasida keng qamrovli şeriklikni rivojlantiriş;
– Professor-öqituvçilar va talabalarning özaro tajriba almaşinuv dasturlarini faollaştiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
– Pokiston milliy kutubxonasida Özbekistonning boy tarixi, madaniyati va adabiy merosini aks ettiruvçi maxsus «Özbekiston burçagi»ni taşkil etiş.

Vazir Vajiha Qamar xonim TDŞUdagi «Pokiston markazi», Janubiy Osiyo tillari oliy maktabi faoliyati bilan yaqindan tanişib, urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi hamda madaniyatini örganişga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida e’tirof etdi va minnatdorlik bildirdi. Uçraşuv yakunida muhokama qilingan barça masalalarni hayotga tatbiq etiş böyiça qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqişga kelişib olindi.