Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yoshlar oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish

Oliy va professional ta’lim muassasalari psixologlarining uch kunlik amaliy seminari tashkil etildi.

2023-yilning 26–28-sentabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida kollejlar, kasb-hunar maktablari, akademik litsey psixologlari uchun “Yoshlar oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olishda amaliyotchi psixologlarning oʻrni va roli” mavzusida respublika seminar-trening oʻtkazildi.

Erkin va samimiy ruhda oʻtgan tadbir davomida psixologlar tomonidan interaktiv usullar yordamida mehnat jamoasi fikrini oʻrganish, yosh avlodni mustaqil fikrlash koʻnikmasini oshirish borasida zamonaviy usullardan foydalanishga ahamiyat qaratildi.

Tadbir soʻngida, maʼruza bilan ishtirok etgan trenerlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

https://edu.uz/en/news/view/5931#gsc.tab=0

photo_2023-12-29_11-05-44

29.12.2023, 11:08 240