Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qo’chma ta’lim dasturi bo’yicha bakalavr bosqichiga qabul davom etadi

25.10.2023, 11:13 E'lonlar 2616

DIQQAT,  DIQQAT,  DIQQAT!

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qo‘shma ta’lim uchun

2023-2024-o‘quv yiliga qo’chimcha qabul e’lon qilinadi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va

Xitoy Xalq Respublikasi Lyaoning pedagogika universitetining

 60230100 FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: XITOY TILI

ta’lim yo‘nalishida qo‘shma  dasturda o‘qib, har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomlariga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat!

O‘QISH MUDDATI 4 YIL:

  • 2 YIL – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (ta’lim tili -o‘zbek tili)
  • 2 YIL – Lyaoning pedagogika universiteti (ta’lim tili – xitoy tili)

BITIRUVCHILARGA HAR IKKALA UNIVERSITETNING

DIPLOMLARI BERILADI

Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Lyaoning pedagogika universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

Ta’lim jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida to‘lov-shartnoma asosida, Xitoy Xalq Respublikasi Lyaoning pedagogika universitetida Xitoy tomonining maxsus granti asosida amalga oshiriladi.

  TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI

  1. Bir yillik to‘lov-shartnoma miqdori 16.625.000 so‘m
  2. Birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘lov-shartnomada ko‘satilgan summani avvaldan to‘liq amalga oshiradilar.
  3. 2 yil davomida Toshkent davlat sharqshunoslik unversitetida talaba xitoy tilini bilish bo‘yicha 3 HSK darajasini egallashi uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratiladi va shu 3 HSK darajasi bilan Lyaoning pedagogika universitetida 3-4-bosqichlarda ta’limni davom ettirish uchun o‘qishga tavsiya etiladi. Agarda talaba 3 HSK darajasi  ololmasa, Lyaoning  pedagogika universitetida o‘qish uchun  grant mablag‘lariga ega bo‘lmaydi.


LYAONING PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI

  1. Ikki yil davomida ta’lim olish, sog‘lik sug‘urtasi, yotoqxona va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-хarajatlar Xitoy tomonidan ajratiladigan  maxsus grantlar  mablaglari hisobidan amalga
  2. Talabalar Lyaoning pedagogika universitetida o‘qish davrida faqat Xitoyga borish kelish aviachiptalari xarajatlarini o‘zlarining hisoblaridan amalga oshiriladi.
  3. Lyaoning pedagogika universitetida 3-kurs yakunida talaba xitoy tilini bilish bo‘yicha 4 HSK darajasi uchun imtihon topshiradi, imtihondan o‘ta olmasa, o‘qishni davom ettirishga tavsiya etilmaydi. 4-kurs yakunida talaba xitoy tilini bilish bo‘yicha 5 HSK darajasi uchun imtihon topshiradi, imtihondan o‘ta olmasa, diplom olishga tavsiya etilmaydi.
  4. Talabalar har o‘quv semesrti davomida yakuniy imtihonlardan past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib  yetarli GPA balarini to‘play olmasa, yoki  4 HSK, 5 HSK darajalarini ololmasa grant mablag‘laridan mahrum etiladi va  to‘lov- sharnoma asosida o‘qishga majbur bo‘ladi. Bunday holatlarda barcha sarf-xarajatlar talaba tomonidan amalga oshiriladi.

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan abituriyentlar

25.10.2023 y. dan 31.10.2023 y.gacha

o‘zlarining quyidagi hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga topshirishlari mumkin:

  1. Pasport(yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan) yoki ID kartaning skaner nusxasi
  2. O‘rta maktab, litsey yoki kollejni tugatganligi haqidagi hujjatning(attestat yoki diplom) skaner nusxasi
  3. Xitoy tilini bilish haqidagi sertifikatning skaner nusxasi (agar bo‘lsa)
  4. Davlat test markazining abituriyent tegishli ta’lim yo‘nalishiga test sinovlari topshirib jamlagan ballari ko‘rsatilgan javob varaqasi skaner nusxasi.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturini bitirganingizdan so‘ng siz  vazirlik va idoralarda, diplomatik sohalarda, maktab va kollejlarda faoliyat yurita olasiz hamda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qishni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 71 233 34 28, 97 700 91 42, 93 508 35 82