Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qonunlarning maqsad va mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish – mamlakatda qonuniylikni mustahkamlashning garovidir

28.04.2016, 13:14 Yangiliklar 3356

2016-yil 28-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta anjumanlar zalida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan qator tashkilotlar: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, “Mahalla” HJF, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida “Qonunlarning maqsad va mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish – mamlakatda qonuniylikni mustahkamlashning garovidir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda TDSHI Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Sh.Ro‘zinazarov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Muhammedov, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Berdiyevlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda chiqqan hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirib o‘tdilar. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilib, ulardan atroflicha javob oldilar.

Ma’naviyat va Ma’rifat bo‘limi

Sh.Jo‘rayev