Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qozon federal universitetida xitoyshunoslar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

12.11.2021, 02:50 Yangiliklar 1548

Joriy yilning 11-noyabrida TDSHU prorektori, xitoyshunos Elyor Maxmudov Qozon federal universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Rossiya-Xitoy: tarix va madaniyat” nomli XIV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirok etdi. O‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda xitoyshunoslikning rivojiga to‘xtalib, xitoyshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning chuqur o‘rganilishida mazkur konferensiyaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

1

Shu bilan birga, E.Maxmudov Qozon federal universiteti rektori I.Gafurov, prorektorlar T.Alishev va M.Safiullinlar bilan kelajakdagi hamkorlik rejalarini belgilovchi qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

2

3 4 5 6 7 8 9 10 11

TDSHU Matbuot xizmati