Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Rаqаmlаshtirish dаvridа Shаrq mаmlаkаtlаridа bаrqаror iqtisodiy rivojlаnish xususiyatlаri” mavzusidagi respublikа ilmiy-аmаliy аnjumаn bo’lib o’tdi

23.05.2022, 18:59 Yangiliklar 2053

Bugun 23- may kuni Toshkent dаvlаt shаrqshunoslik universitetida “Shаrq mаmlаkаtlаrining rivojlanishini tаdqiq etish ilmiy-tаhlil mаrkаzi” hamda “Shаrq mаmlаkаtlаri iqtisodiyoti, siyosаti vа turizm” fаkultetining “Shаrq mаmlаkаtlаri iqtisodiyoti” kаfedrаsi tomonidan “Rаqаmlаshtirish dаvridа Shаrq mаmlаkаtlаridа bаrqаror iqtisodiy rivojlаnish xususiyatlаri” mavzusida respublikа ilmiy-аmаliy аnjumаni tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sayfullayev D.B. ochib berdi. U bugungi kunda raqamli texnologiyalar va barqaror iqtisodiy rivojlanish bir-birini taqozo etadigan va bir-birini to‘ldiradigan tushunchalar ekanligini, shu sababli globallashuv sharoitida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish nafaqat alohida iqtisodiy sub’ektlar, balki umumdavlat darajasidagi vazifaga aylanganini ta’kidladi.

IMG_5993

Anjumanning yalpi majlisida O‘zMU “Makroiqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d. Vaxabov A.V., O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi professorlari i.f.d. Toʼxliev N.T., i.f.d. Аbdullaev R.V., Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Turizm va servis” kafedrasi professori, i.f.d. Aliyeva M.T., Toshkent davlat agrar universiteti “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.d. Nazarkulov U. R., Toshkent davlat transport universiteti “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti Nadirkhanov U.S., “Аsakabank” АJ Loyiha ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Xakberdiev O.A.lar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

IMG_6002

Anjumanda Yangi O‘zbekiston barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari, iqtisodiyotda raqamli trаnsformatsiya: global va milliy trendlar, O‘zbekistonda islom iqtisodiy tafakkurining rivojlanishi, Raqamlashtirish sharoitida turizm sohasi rivojlanishi xususiyatlari, Yaponiyada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barqarorligini ta’minlashda kooperativlarni tashkil etish tajribasi va roli (JICA doirasida Yaponiyada stajirovka materiallari bo‘yicha), O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot: xalqaro tajriba va milliy yondashuv, Janubiy Koreya tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekistonda loyihalarni boshqarish standartlarini joriy etish kabi dolzarb mavzular muhokama etildi.

IMG_2744