Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Boqiyev Abdulloh Bahodir o’gli
Markaz: Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
Lavozimi: Markaz direktori
Qabul kunlari: Har kuni
Telefon: +99899 101-99-01
E-mail: akt@tsuos.uz

 

socialnie-vzaimootnosheniya-v3.orig

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi to‘g‘risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (bundan buyon matnda markaz deb yuritiladi) nizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil 20 fevraldagi 08/1-580-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

  1. Markaz institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
  2. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet Ustavi, Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlariga muvofiq olib boradi.
  3. Markaz bevosita AKTni joriy etish bo‘yicha mas’ul prorektorga bo‘ysunadi.
  4. Markaz o‘z faoliyatini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  5. Ushbu Nizom Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Axborot-texnologiyalar markazi (ATM)ning maqsadi va vazifalari hamda bo‘linma boshlig‘ining huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.

2. Markazning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida TDShI rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
    • “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
    • TDShIdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
    • Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
    • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
    • TDShI kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
    • TDShIda Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
    • TDShIning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
    • TDShIning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
    • saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
    • axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
    • axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
    • axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyliginini ta’minlash;
    • saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
    • dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;
    • operasion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
    • saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;
    • ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
    • himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
  2. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  3. a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:

kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;

kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;

mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalaiish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;

  1. b) institutda internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilishda:

o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svichlar) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;

kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;

kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;

o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;

tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;

internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;

Internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali Internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

  1. v) rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashda:

tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning universitet  elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;

rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomnidan universitet faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida joylashtirish;

veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;

  1. g) institut axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etishda:

o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;

global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni institutga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;

institutda joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;

elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;

yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;

yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish.

3. Markazning huquq va majburiyatlari

  1. Markaz o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

institutning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;

institut faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

zarur hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga va axborot xavfsizligiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan institut  rahbariyatiga takliflar kiritish;

markaz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lish mumkin.

  1. Markaz:

institut Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;

institut  rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;

faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, institut  tadbirlarida faol ishtirok etishga;

o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;

mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;

institut ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalariga rioya etishga majbur.

Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

 

4. Markaz faoliyatini tashkil etish

  1. Markazni boshqarish rektor tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan markaz rahbari boshqaradi.
  2. Markazda (institut talabalari sonidan kelib chiqqan holda) markaz rahbari boshchiligida 1 nafardan axborot xavfsizligini ta’minlash, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo‘llab –quvatlash, Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshliqlari, 7 nafar muhandis- dasturchi, 2 nafar tizim administratori, 2 nafar tarmoq administratori, 1 nafar texnik,1 nafar Muhandis-elektronchi, 1 nafar texnik elektronchi, 1 nafar kompyuter zali mudiri faoliyat yuritadi.
  3. Markaz tarkibida Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi, Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi, Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi faoliyat yuritadi.

 5. Markaz institutdan tashqari bajariladigan alohida buyurtma va shartnoma asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega:

  1. Zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘rgatish.

Dasturiy qo‘llanmalar ishlab chiqarish va joriy etish, ularni qo‘llashda texnik xizmat ko‘rsatish.

Internet va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish.

Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish.

Sifatli kompyuter, tarmoq va telekommunikatsiya jixozlarini tanlash, zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash bo‘yicha maslahatlar berish.

Institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga kserokopiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Yuqoridagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va institut Nizomiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

 6. Yakuniy qoida

  1. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

28.11.2023, 14:28 7359