Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Rektor va yoshlar muloqoti

24.04.2026, 17:35 Yangiliklar 429

Rektor va yoshlar muloqoti doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish kuni” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda rektor va talabalar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini oshirish, yoshlarning yo‘llardagi mas’uliyati hamda qoidalariga rioya etishning ahamiyati yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgab savollarga javob oldilar.

Shuningdek, muloqot davomida yo‘l harakati qoidalarini buzishning salbiy oqibatlari, ayniqsa yoshlar orasida uchraydigan beparvolik holatlarini kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.