Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rossiyaning “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasining tashrifi

04.10.2022, 20:41 Yangiliklar 1138

 

Rossiyaning “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasining tashrifi 2022-yil 4-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Rossiyaning “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetining Perm kampusi direktori G. Ye. Volodina rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur universitetning 8 nafar mas’ul rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya bilan uchrashuvda universitetlar o’rtasida o’rnatilgan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, bakalavriatura va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, professor-o’qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo’lga qo’yish, TDSHU va Rossiyada o’zaro hamkorlikda yozgi maktablarni tashkil etish, TDSHU o’qituvchi va xodimlarini o’z sohasi doirasida hamkor universitetda malakasini oshirish va stajirovka o’tashga yuborish, ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, xalqaro reytinglar bilan ishlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti tajribasidan foydalanish kabi mavzular ko’rib chiqildi. Uchrashuv so’ngida TDSHU va “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti o’rtasida o’rnatilgan hamkorlik doirasida bildirilgan takliflar o’zaro manfaatli ekanligi e’tirof etildi va yaqin davrda hamkorlikda ularni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Rossiyaning “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti ijtimoiy fanlar va sharqshunoslik maktabi siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Veselova Lyudmila Sergeevnaning

TDSHU Xitoyshunoslik fakulteti talabalariga «Rossiya va Xitoy mehnat bozoridagi o’zgarishlar. xitoyshunos bitiruvchilarning istiqbollari» mavzusida  ochiq ma’ruza qildi.

IMG_8561