Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sardar Vallabhai Patel xotirasiga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma TDSHUda

28.10.2021, 19:35 Yangiliklar 1307

2021-yilning 28-oktabrdan boshlab, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida TDSHUda Hindistonning birdamligiga o‘z hissasini qo‘shgan mashhur davlat arbobi Sardar Vallabhai Patel xotirasiga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva va prorektori Elyor Maxmudov, Toshkentdagi Hindiston klubi raisi Ashok Tivari Sardar Patelning Hindiston ozodligiga va davlatchiligi shakllanishiga qo‘shgan hissasi hamda respublikadagi siyosiy arbob sifatidagi roli to‘g‘risida ma’lumot berib, mazkur ko‘rgazmani ochib berdilar.
Ushbu tadbirning ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar va talabalar Sardar Patelning hayoti va faoliyati jamlangan foto ko‘rgazmani tomosha qilishga taklif etildilar.
Ko‘rgazma 30-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi.

E83AF353-51ED-4555-996B-DB7E0F3717EE FA6FE7E5-196B-4FAC-A05E-86D569210C43

2A0A2BE6-59A1-4FF3-9BF3-430A16748687 ACD89670-1884-4048-AFE1-7023677E76F2

EE860D28-E763-4063-A634-0299C768EBF2 EBF9E88A-A049-4472-A307-BA5DA592A5DA

912A423D-9D2D-4323-8E3A-8A4B999AC215 0372831E-31E6-4A03-A4C0-8AC9B007CF1D

 C945A812-8602-4BF2-8E20-79A2F021FD9D FDD872A3-8393-45DA-A99A-A222B70371D3

  D57652FE-FD7A-4A30-B68F-1441A068D2B5 275591E0-F9B7-4DC8-AE37-9F9E348369F1


TDSHU matbuot xizmati