Sharqni o‘rganishda yangi yondashuvlar: sifat va miqdoriy yondashuvlar

2020 yil 17-18 dekabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Diplomatiya instituti bilan hamkorlikda TDSHU professor–o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari uchun Institut direktori s.f.n. Marian Ansarovna Abisheva va professor Taisiya Viktorovna Marmontova ishtirokida ilmiy-nazariy seminar tashkil qilmoqda.
Seminar mavzusi: “Sharqni o‘rganishda yangi yondashuvlar: sifat va miqdoriy yondashuvlar”
Seminar maqsadi: zamonaviy sharqshunoslik sohasini tadqiq qilishda informasion tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish. Seminarning faol ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.
Seminarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
https://tashkentskiy-gosudarstven.timepad.ru/event/1508066/
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: