Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharqshunoslar maktabda dars mashg’ulotlarini olib borishdi.

14.03.2020, 10:19 Yangiliklar 1487

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi jamoasi Toshkent shahar Mirobod tumani 328-maktabda “Amir Temur va temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan o’rni” mavzusidagi tadbirda ishtirok etishdi. Unda kafedra mudiri, t.f.n., dots. R.R.Alimova so’zga chiqib, Buyuk davlat arbobi Amir Temurning davlatchiligimizda tutgan o’rni haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.photo_2020-03-14_07-21-10

Shuningdek, kafedra katta o’qituvchisi PhD A.Madraimov so’zga chiqib Amir Temur va Temuriylar tarixining Yevropada o’rganilishi mavzusida nutq so’zladi hamda kafedra o’qituvchisi PhD B.Odilov ham o’z nutqida hozirgi kunda ushbu sulolaning faoliyatiga nazar solib, ularning ilm-fanga qo’shgan hissasi bo’yicha o’quvchilarga yangi ma’lumotlar berib o’tdi. Tadbir oxirida o’quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berib o’tishdi. Tadbir yakunida kafedra professor-o’qituvchilari dars mashg’ulotlarini ham olib borishdi.photo_2020-03-14_07-21-09 (2)