Sirtqi bo’lim
![]() |
BITURAEV UKTAMJON BAZARBAYEVICH | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Katta o‘qituvchi | |
Lavozimi: | Bo‘lim boshlig‘i | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Telefon raqami: | +998901271539 | |
E-mail: | skbb@tsuos.uz |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Universitetda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi.
Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, universitet rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
- o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
- talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
- mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
- o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- universitet Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;
- talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlash;
- sirtqi bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash va boshqalar.
Sirtqi bo‘limda ta’lim jarayoni. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sirtqi ta’lim shakli 2018-2019 o‘quv yildan joriy etilgan. Sirtqi bo‘limda bo‘lim boshlig‘i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.
2021-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra universitet Sirtqi bo‘limida jami 409 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, 2-kursda 160 nafar talaba, 3- kursda 157 nafar talaba, 4-kursda 92 nafar talaba.
Shuningdek, 2021-2022-o‘quv yilida 3 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 123 nagar abituriyentlar 2-ta’lim olishi uchun o‘qishga tavsiya etildi.
2021-2022-o‘quv yilida TDSHU Sirtqi bo‘limida jami akadem guruhlar soni 18 ta bo‘lib, ulardan 14 tasida o‘zbek tilida, 4 tasida rus tilida ta’lim beriladi.
2021-2022 o‘quv yilida Sirtqi bo‘limda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda:
№ | Ta’lim yo‘nalishi | |
shifri | nomi | |
1 | 5120500 | Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) |
2 | 5210300 | Siyosatshunoslik |
3 | 5120300 | Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
4 | 5120700 | Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) |
5 | 5231000 | Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
Sirtqi ta’lim shakliga 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish to‘xtatilgan.
2021/2022-o‘quv yili o‘quv grafigi:
- O‘quv grafigi (2021/22)
2021/2022-o‘quv yilida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
2021/2022-o‘quv yili kuzgi semestr dars jadvali:
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: