Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Siyosat maydoni” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

30.11.2023, 13:10 Yangiliklar 475

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ta’lim muasassalaridagi siyosat bilimdonlari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Siyosat maydoni” tanlovining Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining mas’ul vakillari ham ishtirok etib, g‘olib talabalarni tanlovning keyingi respublika bosqichiga chiqishgani bilan tabrikladi. “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti dekani Ch.Xusanov bu singari tanlovlar “Siyosatshunoslik” va “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi talabalarining siyosiy fikrlash qobiliyatini kuchaytirishi, ilmiy maqola yozish ko‘nikmasining yana-da rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini, shuningdek, talabalarning siyosiy tahlil qilish metodlarini chuqur o‘rganishida muhim asoslardan biri bo‘lishini ta’kidlab, g‘oliblarni esdalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirladi.