Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TABRIKLAYMIZ!

15.10.2018, 16:11 Yangiliklar 2557

“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichi yakuni natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni taqdiqlash haqida”gi 32-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 8-oktyabrdagi 836-son buyrug‘iga  muvofiq 2018 yil uchun o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi”  kafedrasi dotsenti Isxakov Mirsadik Mirsultanovich “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Ustozni ushbu yutuq bilan muborakbod etgan holda ularga mustahkam sog’lik, uzoq umr va ilmiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!