Talabalar turar joyi binosini qurish

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga xususiy tashabbuskor “IDEAL GRAND HOUS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (0,3 gektar) hududida 600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
Loyiha konsepsiyasi;
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
Elektron pochta manzili: info@tsuos.uz |
Telefon raqami: +998(71) 233-29-90, (71) 233-34-24 |
Manzil: 100060, Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 20-uy |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz |
Telefon raqami: 71 203-32-23 |
Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Shahodat.Navruzova@imv.uz |
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.