Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar turar joyida O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosib nishonlandi

22.10.2018, 10:13 Yangiliklar 2505

2018-yilning 22-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida 21 oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar hamda turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar va Yoshlar ittifoqining faollari  ishtirok etishdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori I.Bekmuratov ochib berdi va barchani ushbu bayram bilan muborakbod etgan holda tilimizni qadrlash, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Tadbir institut TTJ Yoshlar Ittifoqi kengashi va ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlangan go’zal kuy va qo’shiqlar, sahna chiqishlari va sho’x raqslarga boy bo’ldi. Turkiy tillar kafedrasi dotsent J.Shabanov tomonidan “Bir aktyor tearti” turkumidan ijro etilgan ta’sirchan she’r va monologlar talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

photo_2018-10-25_08-45-05 photo_2018-10-25_08-45-01 photo_2018-10-25_08-45-03 photo_2018-10-25_08-45-04 photo_2018-10-25_08-45-06 photo_2018-10-25_08-45-07

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi