Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar turar joyida yil sarhisobi

20.06.2018, 17:59 2892

Joriy yilning 19-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida o‘quv yilining tugashi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar turar joyida yil sarhisobi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda institut “Turkiy tillar” kafedrasi dotsenti J.Shabanov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari O‘.Bito‘raev, I.Xudoynazarov, N.Raxmatullayev, institut psixologi S.Mahkamova, TTJ mudiri Tursunov Sarvar, TTJ yoshlar ittifoqi kengashi sardori Salimov Samandar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Dj.Shabanov so‘zga chiqib, talabalarni o‘quv yilini muvoffaqiyatli tugatayotganliklari bilan tabrikladi va kelgusidagi o‘qish faoliyatlariga omadlar tiladi. Shu bilan birga, Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning o‘quv yili davomida o‘zlarini tutishlariga to‘xtalar ekan, xonalarni ozoda saqlashga, o‘zlariga biriktirilgan jihozlarni asrab-avaylashga chaqirdi.
Shuningdek, davra suhbati jarayonida 2017/2018-o‘quv yili davomida Talabalar turar joyida olib borilgan ijobiy ishlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar berilda va shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2018-06-23_17-59-02 photo_2018-06-23_17-58-57 photo_2018-06-23_17-58-56 photo_2018-06-23_17-58-49

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi