TA’LIM SIFATI NAZORATI BO‘LIMI
![]() |
MAXKAMOVA SAIDA XAFIZOVNA | |
| Ilmiy darajasi va unvoni: | Pedagogika fanlari nomzodi | |
| Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
| Qabul vaqtlari: | Dushanba-Juma (11:00-13:00) | |
| Teл.: | +99871 233 15 56 | |
| E-mail: | saida_maxkamova@tsuos.uz | |
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarkibidagi ta’lim sifati nazorati bo‘limi to‘g‘risida
Mazkur Bo‘lim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi “Kasb-hunar, o‘rta maxsus, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 498-son qarori va 2026-yilgi Kompleks rivojlanish yo‘l xaritasi hamda TDShU Ustavi va Kengashi qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarkibidagi Ta’lim sifati nazorati bo‘limi maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Bo‘limning tarkibi
Maqsadi
Bo‘limning asosiy maqsadi universitetda ta’lim sifatini tizimli ravishda ta’minlash va uzluksiz takomillashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, ta’lim jarayonining davlat ta’lim standartlari, milliy qonunchilik, universitetning strategik rivojlanish yo‘nalishlari hamda xalqaro sifat mezonlariga muvofiqligini monitoring qilishdan iboratdir. Bo‘lim ta’lim va ilmiy-uslubiy faoliyat samaradorligini oshirish, talabalar bilim darajasi hamda kadrlar tayyorlash sifatini muntazam tahlil etish, ichki attestatsiya jarayonlarini tashkil qilish va natijalar asosida ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shuningdek, bo‘lim universitetning xalqaro reytinglardagi nufuzini mustahkamlash, zamonaviy kompetensiyalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda sifat madaniyatini qaror toptirishga ko‘maklashishdan iborat.
Bo‘lim haqida
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ish faoliyatini olib boradi.
Universitetning tashkiliy tuzilmasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi va mazkur bo‘lim faoliyatiga prorektor, dekan va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu bo’lim qoshida ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha “Ekspertlar guruhi” faoliyat yuritadi.
BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI
- Universitetda o‘quv jarayoni, talabalar bilim darajasi, ta’lim mazmuni va o‘quv-uslubiy faoliyatning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tizimli ravishda o‘rganish, tahlil qilish va monitoring olib borish.
- Professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, dars o‘tish sifati, ilmiy faolligi, innovatsion yondashuvlari hamda KPI ko‘rsatkichlarini ob’ektiv baholash va tahlil qilish.
- HEMIS, MOODLE, APS va boshqa raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini o‘rganish, ma’lumotlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida kiritilishini monitoring qilish, elektron ta’lim resurslari sifatini baholash.
- Talabalar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar fikrini o‘rganish, so‘rovnomalar o‘tkazish va ularning takliflarini ta’lim sifatini oshirish jarayoniga jalb etish.
- Ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli yechimlar va sun’iy intellekt vositalarini joriy etish bo‘yicha tahlil va tavsiyalar berish.
- Aniqlangan muammolar yuzasidan tuzatish choralari ijrosini kuzatib borish, ularning samaradorligini baholash hamda takroriy muammolarni oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ta’lim sifati nazorati bo’limi NIZOMI
So’rovnomalar o’tkazish tartibi
Sun’iy intellektdan foydalanish Yo‘riqnomasi



