Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Tarjimashunoslar forumi – 2023”

14.12.2023, 15:20 Yangiliklar 500

2023- yil 14- dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Tarjimashunoslar forumi – 2023” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

IMG_0517

Konferensiyada TDSHU rektori G.Rixsiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, TOBB ETU Toshkent dotsenti Nurgul Bekar va universitet professor-o’qituvchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

IMG_0534

Konferensiya doirasida tarjimashunoslik tarixi, tarjima stilistikasi va tanqidi, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, sinxron tarjima sohasini rivojlantirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish, sharq tillaridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar haqida mutaxassislarning tajriba va fikrlari tinglandi.

IMG_0490

IMG_0542

IMG_0523

IMG_0527