Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI professor-o’qituvchilari va talabalari kitoblar taqdimotida ishtirok etishdi

20.12.2018, 16:55 Uncategorized, Yangiliklar 2376

2018-yilning 19-dekabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda 2018-yilda nashr etilgan kitob va risolalar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda soha mutaxassislari, yozuvchilar, jamoat arboblari, nashriyot uylari vakillari bilan bir qatorda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori va Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi raisi, t.f.n. X.Fayziev ochib berdi. Tadbir davomida “Amir Temur Yevropa olimlari nigohida” (G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”), “Olam Naqshi Jahon kaftida” (“Adabiyot uchqunlari” nashriyoti), “Vafo malikasi” (“O’zbekiston” nashriyoti) hamda “Buyuk salohiyat sohibi” (“O’zbekiston” nashriyoti, o’zbek va ingliz tillarida) kitoblarining tadqimoti bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida O’zbekiston Xalq yozuvchisi Muhammad Ali, “O’zbekiston” NMIU muharriri B.Akbarov, t.f.d., prof., Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo’lim mudiri A.Madraimov, O’zFASHI vakili,  t.f.d. M.Hasaniy, TDSHI dotsenti, f.f.n. J.Shabanov, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, t.f.n. H.Abdunazarov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo’lim mudiri, t.f.n. I.Jamolhoji, Xalqaro Amir Temur hayriya jamoat fondi raisi o’rinbosari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi T.Hayit so’zga chiqdilar.

Tadbir davomida shuningdek “Kitobxonlik” viktorinasi ham o’tkazildi.

20181219_111143 20181219_110949