Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari “O’zbekiston va Janubiy Koreya: kelajakka nigoh” mavzuidagi konferensiyada ishtirok etdi

01.12.2018, 18:09 Yangiliklar 2332

Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahrida “O’zbekiston va Janubiy Koreya: kelajakka nigoh” mavzuida konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Instituti hamda Koreya Respublikasi Hanyan Universiteti huzuridagi Osiyo-Tinch Okeani Tadqiqotlari Markazi tomonidan tashkillashtirildi.

Anjumanning asosiy maqsadi O’zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini tahlil qilish, shuningdek, ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratildi.

Ushbu konferensiyada institutimiz professori, siyosiy fanlar doktori, “Xitoy siyosati, tarixi va iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri N.E.Karimova hamda “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi o’qituvchisi K.S.Nikolaeva ishtirok etishdi.  Tadbir davomida N.E.Karimova O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga bag’ishlangan ma’ruza bilan chiqish qilib, bu yo’nalishdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashning istiqbollari haqida so’z yuritdi.

photo_2018-12-03_03-16-04

photo_2018-12-03_03-15-57
photo_2018-12-03_03-16-02

photo_2018-12-03_03-15-54