Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHIda ochiq muloqot o’tkazildi

25.12.2018, 13:28 Yangiliklar 3235

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi rejasiga ko’ra, 2018-yilning 25-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ochiq muloqot o’tkazildi. Ochiq muloqotda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, faol talabalari hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminter Universiteti rektori, Jamoatchilik kengashi raisi o’rinbosari K.Karimov, «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri S.Raupov ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, mamlakatimizda mavjud OTMlarning salohiyatini oshirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va mustahkamlash, Boloniya jarayoniga integratsiya qilish masalalari, tizimda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, ularni jamoatchilik kengashiga yetkazish belgilandi.

IMG_20181225_094635 IMG_20181225_094731 IMG_20181225_094746

    WordPress Lab WPBakery Page Builder Extensions Add-on – Figure Navigation WPBakery Page Builder Extensions Add-on – Testimonial Carousel WPBakery Page Builder Extensions Popup and Notification WPBakery Page Builder for WordPress WPBakery Page Builder (Visual Composer) Clipboard WPBakery Page Intro WPBakery YouTube Channel with Carousel Addon WPBookit - Appointment Booking WordPress Plugin WPBookit – Coupons (Addon) WPBookit – Group Booking (Addon)