Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU Axborot resurs markazi yangi adabiyotlar bilan boyitildi

06.12.2021, 19:30 Yangiliklar 1504

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning  2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli kitob nashri, mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar o‘rtasida qator tadbirlar, loyihalar va amaliy ishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Axborot resurs markazining kitoblar fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, talabalarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda.

3

Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdullayev Sardor Maxmudjanovich va Toshkent shahar hokimligi “Axborot kommunikatsiya” bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetiga koreys tilidagi o‘quv va badiiy adabiyotlari sovg‘a qilindi.

1

150 dan ortiq  mazkur adabiyotlar kelgusida Koreyashunoslik fakultetida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ma’naviy kamolotida va ilmiy izlanishlarida muhim ko‘makchi vosita bo‘lishiga ishonamiz.

TDSHU Matbuot xizmati