TDSHU bitiruvchilari uchun Yaponiyada ish va amaliyot imkoniyatlari kengaymoqda
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponiyaning HANDS GLOBAL CO., LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda talaba va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi (MOU) imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida:
– talabalar va bitiruvchilarning Yaponiyada amaliyot o‘tashi va ishga joylashishiga ko‘maklashish;
-yapon tili, biznes madaniyati va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
– Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan kadrlar almashinuvi va bandlik dasturlarini rivojlantirish;
– ta’lim, tarjima, texnologiya va innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlik TDSHU talabalari va bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, ularning Yaponiyada munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda universitetning xalqaro bandlik va karyera yo‘nalishidagi faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


