Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU dekani J.Shabanov Jahon madaniyatlararo muloqot forumida ishtirok etdi

04.05.2024, 14:34 Yangiliklar 87

2024-yil 30-aprel -3 may kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Tinchlik va global xavfsizlik uchun muloqot: hamkorlik va o’zaro bog’liqlik” mavzusidagi 6-Jahon madaniyatlararo muloqot forumi bo’lib o’tdi.

Mazkur forumda TDSHU dekani J.Shabanov ishtirok etdi. Turkshunos olim J.Shabanovning Bakuga safari haqida Ozarbayjon Markaziy nashrlaridan birida maqola chop etildi.

Maqola bilan tanishish Daşkənd Dövlət Şərqşünaslıq Universitetinin Türkologiya fakültəsinin dekanı Xəzər Universitetində – XƏBƏRLƏR-Xəzər Universiteti (khazar.org)

photo_2024-05-06_16-11-39

Forumda global xavfsizlik yuqori ahamiyatga ega davrda madaniyatlararo muloqotni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

photo_2024-05-06_16-11-38

Forumga dunyoning 150 dan ortiq davlatlaridan 2000 dan ortiq mehmonlar qatnashdi. Forumni Ozarbayjon Respublikasining prezidenti Ilhom Aliyev ochib berdi.

photo_2024-05-07_12-46-25

2-may kuni Boku shahridagi Hazar universiteti Turkshunoslik kafedrasi mudiri professor Dilbar Zeynalova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Kafedraning talabalari va ustozlariga O’zbekiston va Ozarbayjon adabiy aloqalari haqida ma’ruza qildi.

photo_2024-05-06_16-11-39 (3)

3-may kuni Ozarbayjon Boku davlat universitetiga tashrif buyurdi. U yerda Sharq filologiyasi fakulteti dekani, professor Aydan Xandan va dekan o’rinbosari Nigora xonim bilan uchrashdi.

photo_2024-05-06_16-11-39 (2)

J.Shabanov Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida O’zbek adabiyotining bilimdonlari, professorlar Olmas Ulvi va Yashar Qosimovlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. O’zbek tilidan ozarbayjon tiliga ozarbayjon tilidan o’zbek tiliga adabiy asarlarni tarjima qilib chiqish masalalari ko’rib chiqildi.