TDSHU delegatsiyasi INTI xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

#SDG4 #SDG17
TDSHU delegatsiyasi Malayziyada
Ayni damda xizmat safari bilan Malayziyada bo’lib turgan rektor Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi TDSHU delegatsiyasi 3-fevral kuni INTI xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar.
O’tkazilgan muzokaralar natijasida, almashuv bitimi imzolandi. Bitimga muvofiq, yiliga 50 nafar TDSHU talabasi hamda professor-o’qituvchilari ushbu universitetda stajirovka o’tash imkoniyatiga ega bo’ldi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda TDSHU va INTI xalqaro universiteti o’rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.