Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU delegatsiyasining Gansu universitetiga tashrifi: talabalar almashuvi va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

07.05.2025, 17:08 Yangiliklar 162

2025-yil 6-may kuni Toshkent davlat sharqshunosoik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Nodir Abdullayev boshchiligidagi TDSHU delegatsiyasi Xitoyning Gansu siyosatshunoslik va huquq universitetida bo‘lib, talabalar almashuvi va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazdilar.

photo_2025-05-06_13-47-14

Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti rektori Chjen Gaotszyan 2025-yil sentyabrda “Xitoy tili o‘qituvchisi” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan magistrlarni hamda rus va o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalarni TDSHU bazasida amaliyot o‘tashga yuborish istagida ekanligini qayd etib, hozirda Toshkentga boradigan xitoylik yoshlar ro‘yxati shakllantirilayotganini ma’lum qildi.

photo_2025-05-07_05-46-01

Shuningdek, ayni payt Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti o‘rtasida “Dunxuan madaniyatining jahondagi o‘rni” mavzusida amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy tadqiqot loyihasi ilmiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida “Xalqaro jurnalistika”, “Xalqaro munosabatlar” bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va tadqiqotchilar almashuvi, o‘qituvchilar va boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida fikr almashildi.