TDSHU doktoranti Leiden universitetida
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tayanch doktoranti Quvonchbek Mahmudov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) dasturi doirasida Niderlandiya Qirolligining Leyden universitetida ilmiy stajirovka oʻtamoqda.
Tadqiqotchi o‘z ilmiy faoliyatini boshlab, tadqiqot ishlari ustida ishlamoqda hamda ilmiy rahbarlar bilan maslahatlashib va hamkor universitetlarning kutubxona va ilmiy bazalaridan faol foydalanmoqda.

Mazkur almashinuv dasturlari xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam sanaladi.
TDSHU jahonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali global ta’lim maydonida faol ishtirok etishda davom etmoqda.
