TDSHU doktorantlari XXR Shensi pedagogika universitetida amaliy tadqiqot olib bormoqdalar

XXR Shensi pedagogika universiteti “Bir makon, bir yo‘l” madaniy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Chanandan qadimga nazar: Buyuk Ipak yo‘lidan Bir makon, bir yo‘l sari” xalqaro stipendiatlarining yozgi maktabida qisqa muddatli amaliy tadqiqotlari davom etmoqda.
Mazkur yozgi maktabda TDSHU doktoranti Sh.Shamsiyeva va tayanch doktorantlar M.Inomjonova, G.Xolmatova va M.Normayevalar ham faol ishtirok etishmoqda. Dastur davomida qator professorlarning Xitoyning qadimgi, zamonaviy tarixi, iyerogliflarining kelib chiqishi, Dunxuan madaniy yodgorligi haqida ma’ruzalari tinglanib, amaliy mashg‘ulot sifatida qator muzeylarga tashrif buyurilmoqda.
Shuningdek, kurs ishtirokchilari universitet tomonidan tashkil qilingan Dunxuan tarixiy madaniy yodgorliklari ko‘rgazmasini tomosha qiilish uchun hamda ilmiy yo‘nalishlariga oid tadqiqot materiallari bilan tanishish uchun universitet kutubxonasiga tashrif buyurdilar.