TDSHU “Ibrat farzandlari” loyiha markazida hindiy tilida mahorat darsi
TDSHU «Ibrat Farzandlari» loyiha markazida dotsent, hindiy tili ustozi Kamola Rahmatjonova tomonidan talabalar uchun mahorat darsi bo’lib o’tdi. Mashg’ulot davomida ishtirokchilar hindiy tilida noverbal muloqotning mohiyati, imo-ishoralar va mimikaning muloqotdagi o’rni, shuningdek madaniyatlararo munosabatlardagi farqlar haqida chuqur bilim va ko’nikmalar egalladi.
Tadbir o’zining qiziqarliligi, interaktiv mashg’ulotlari va iliq muhiti bilan ishtirokchilar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi. Eng faol ishtirokchilar «Ibrat Farzandlari» loyihasining sertifikatlari bilan taqdirlandi.


