TDSHU ilmiy loyihasi vazirlik tomonidan g’olib deb topildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ilmiy loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy loyihalar tanlovida g‘olib deb topildi hamda moliyalashtirishga tavsiya etildi.


Loyiha buyuk mutafakkir Imom Abu Mansur Moturudiyning bebaho merosi – «Kitob at-Tavhid» asarini ilmiy tadqiq etish, chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu loyiha doirasida:
– noyob qo‘lyozmalar ilmiy asosda tadqiq etiladi;
– mazkur qo‘lyozma chuqur o‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritiladi;
– qo‘lyozmalar zamonaviy texnologiyalar asosida raqamlashtiriladi;
– bebaho tarixiy-madaniy merosni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash va ommalashtirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy natijalar yaratiladi.

Mazkur yutuq Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti olimlarining ilmiy salohiyati, milliy va umuminsoniy merosni o‘rganish borasidagi izchil sa’y-harakatlari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yana bir e’tirofidir.
