TDSHU kafedra mudiri P.Kenjayeva Turkiyaning G’ozi universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turk filologiyasi” kafedrasi mudiri f.f.d., dots. P.Kenjayeva 2022-yilning 17 may kuni Turkiyaning G’ozi universitetiga tashrifi chog’ida “Turk tili va ijtimoiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri f.f.d., prof. F.Achik bilan uchrashib kafedraning istiqbolli rejalari haqida, xususan kafedra prof-o’qituvchilarining 1 oylik malaka oshirish kurslari, hamkorlikdagi ilmiy-uslubiy ishlar, onlayn darslarning davomiyligi borasida kelishib olindi. G’ozi universiteti bakalavr bosqichidan keyingi ta’lim rahbari (Enstitü müdürü) prof.Yu.Gelishli bilan ham uchrashib iyun oyida turkiy xalqlar adabiyoti masalalariga bag’ishlangan onlayn seminar o’tkazish rejalashtirildi.Universitetning magistrlariga “O’zbekistonda turk tilining o’rganilishi” mavzusida turk tilida ma’ruza qilindi.
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: