Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU MASHHUR AYN-SHAMS UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK O‘RNATMOQDA

06.02.2023, 17:11 Yangiliklar 949

Sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi 2700 yillik tarixga ega eng qadimiy ta’lim dargohi – Ayn-Shams universitetiga tashrif buyurdi. Universitetda 19 ta fakultet mavjud bo‘lib, unda 11 mingdan ziyod professor-o‘qitivchi faoliyat yuritadi, 155 mingdan ziyod talabalar bakalavr bosqichida, 25 mingdan ortiq magistrant va doktorantlar tahsil oladi. Ulardan 10 ming dan ortig’i chet ellik talabalardir.
Bugungu kunda universitetda 26 ta qo‘shma ta’lim dasturi mavjud. 259 ta tadqiqot loyihalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Universitet milliy reytingga kora 2-o‘rinda, QS da 797-o‘rinda, ARWUda 701, THE 998-o‘rinda turadi. Universitet rektori prof. Mahmud Al-Mainiy va G.Rixsiyeva uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
Arab tili, arabshunoslik, tarjimashunoslik, tarjimonlarni tayyorlash, adabiyot namunalarini tarjima qilish, qo‘lyozmalarni o‘rganish, sharq tillarini o‘rganish, turizm yo‘nalishlarida talabalar va oq’ituvchilar almashuvini tashkil etish; nufuzli ilmiy jirnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, tarix va filologiya bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni yaratish va amalga oshirish va boshqalar.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan turkshunos olima prof. Magda Mahluf O‘zbekiston allomalar yurti ekanligi, boy tarixi va madani merosi bilan alohida e’tirofga munosibligini ta’kidladi. “Boburnoma”ning turk tilidan arab tiliga qilingan tarjima kitobini TDSHU kutubxonasiga taqdim etdi. O‘z navbatida G. Rixsiyeva TDSHUdagi Sharq madaniyati va merosini taqdiq etish ilmiy markazida qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi haqida gapirdi. Ikki universitet o‘rtasida imzolanishi ko‘zda tutilgan Memorandum loyihasi bandlarini mazkur uchrashuvda aytilgan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, aniq rejalar ham ishlab chiqilishi zarurligi kelishib olindi. G.Rixsiyeva Ayn-Shams universiteti rektori va arab tili mutaxassislarini 2023-yilda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Dunyo arabshunoslari forumi”ga taklif qildi.