Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU MISRNING “AL HIVAR” SIYOSIY TADQIQLOTLAR MARKAZI BILAN HAMKORLIK QILADI

06.02.2023, 16:35 Yangiliklar 920

2023-yil 5-fevral kuni TDSHU delegatsiyasi Misrning “Al-Hivar” markazi rahbariyati bilan uchrashdi. “Al-Hivar” markazi tashkil etilganiga 10 yildan oshgan bo‘lib, unda dunyo mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo bilan hamkorlik bo‘yicha ekspertlardan iborat tadqiqotchilar faoliyat yuritadi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi, ochiq tashqi siyosati mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

photo_2023-02-06_16-16-13
Jumladan, markaz olimlari va o‘zbekistonlik olimlar hamkorlikda Yangi O‘zbekiston strategiyasini tanishtirish va targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan kitoblar orasida TDSHU mutaxassislari ham borligi quvonarli hol. Markaz rahbari Dr. Ahmed Tahir siyosatshunos olim Nodir Abdullayev bilan hamkorlikda arab tilida chiqargan kitobi arab tilli o‘quvchilar, tadqiqotchilar uchun nihoyatda muhim ekanlgi e’tirof etildi. Markaz rahbari hamkorlikda xalqaro seminarlar o’tkazish, ilmiy maqolalar chop etish, shuningdek, yangi ilmiy axborotlar muntazam chop byulleten ta’sis etish taklifini kiritdi. O‘z navbatida, G.Rixsiyeva TDSHU huzuridagi Sharq mamlakatlari rivojlanishini o’rganish ilmiy-tahlil markazi bilan ushbu yo’nalishlarda ish rejasini tuzish kerakligi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘ngida TDSHU va “Al Xivar” markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

photo_2023-02-06_16-16-04