Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU o’qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasi Xalqaro xitoy tili ta’lim instituti tomonidan tashkil etilgan xitoy tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarida ishtirok etishdi

03.08.2023, 21:31 Yangiliklar 671

31-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Dalyan shahri Liaoning Pedagogikа universitetining Xalqaro xitoy tili ta’lim instituti tomonidan tashkil etilgan xitoy tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimida rektor Cao Xiu va prorektor Syu Syaoyi rasmiy nutq bilan so‘zga chiqdilar, shuningdek, malaka oshirish kurslarida qatnashgan turli mamlakatlardan kelgan o‘qituvchilar minnatdorchilikni bildirishdi. O‘zbekiston professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi nomidan TDSHU Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Nazarova S. ham minnatdorchilik  so‘zi bilan chiqdi. Yоpilish marosimi yakunida sertifikatlar topshirildi.

photo_2023-08-03_21-22-47

photo_2023-08-03_21-22-51

photo_2023-08-03_21-22-57

photo_2023-08-03_21-23-02

photo_2023-08-03_21-23-11

Malaka oshirish kursida XXR Xalqaro ta’lim instituti dotsenti Chjou Chjou “Xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va amaliyoti” fani doirasida o’qituvchilar tomonidan bajarilgan xitoy tili darsining  rejasini tuzish  bo‘yicha uy vazifalari to’plam ko’rinishda chop etildi.  To‘plamda XXRning Liaoning pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan kurslarda  qatnashgan o‘qituvchilarning qisqacha tarjimai holi, kurs davomida tinglangan ma’ruza taassurotlari bayon etildi. Shuningdek taqdimot bilan birga xitoy tili darsini batafsil rejasi ham kiritildi.

photo_2023-08-03_21-22-34

photo_2023-08-03_21-28-27photo_2023-08-03_21-28-32