Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU o’qituvchisi xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza bilan ishtirok etdi

28.11.2026, 13:18 Yangiliklar 114

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi dotsenti, PhD Nargiza Rasuljanovna Ismatullayeva 2026-yil 27–28-noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy tadbir va forumlarda faol ishtirok etdi.

27-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Buyuk Ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusidagi XII xalqaro ilmiy konferensiyada olima “O‘tkan kunlar” romani xitoycha tarjimasida maqollar transferining kognitiv xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutida o‘tkazilgan “Xitoy-O‘zbekiston sivilizatsiyalariaro muloqot tadqiqotlari” forumida “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi badiiy tarjima ko‘prigi: o‘tmishi va hozirgi kuni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Forumning ikkinchi qismida esa “Xitoy va O‘zbekiston sivilizatsiyalariaro o‘zaro o‘rganishning amaliy kuzatuvlari hamda hamkorlik tajribasi” mavzusidagi davra suhbatida savol-javob va fikr almashish jarayonida qatnashdi.

Mazkur ishtirok olimaning tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, o‘zbek va xitoy tillari, adabiyoti hamda madaniyati o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.