Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU o’qituvchisi xalqaro seminarda ishtok etdi

21.01.2023, 14:11 Yangiliklar 837

Indoneziya Respublikasi Indonez tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari asotsatsiyasi (IKAPROBSI) tomonidan 2023-yil 20-21 yanvar kunlari “VUCA (beqarorlik, ishonchsizlik, murakkablik, mavhumlik) davrida Indonez tili, adabiyoti va ta’lim” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Prof. Dr Sunaryo Kartadinata va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining indonez tili o‘qituvchisi B. Samigov asosiy ekspertlar qatorida ishtirok etdilar. Janob Elchi va B. Samigov “O‘zbekistonda indonez tilini o‘rganish  imkoniyatlari, qiyinchiliklari, muhim jihatlari hamda uning diplomatik, ta’lim-tarbiyaviy, madaniy va falsafiy ahamiyati” mavzusida taqdimot qildilar. Seminar Indoneziyaning Swadaya Gunung Jati universiteti binosida bo‘lib o‘tdi. Janob Elchi va B.Samigov online tarzda ishtirok etdilar