Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

19.04.2024, 15:45 Yangiliklar 164

2024-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, Pekin til va madaniyat universiteti va Shensi pedagogika universitetlari hamkorligida “Sharqshunos-talabalarning ko‘klam festivali” doirasida “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

_MG_83552

Festilavda TDSHU rektori G.Rixsiyeva, Xitoyning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi janob Chi Ruiling, Pekin chet tillar universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Dong Chuan ishtirok etdi.

_MG_83553

Mazkur tadbir xalqaro xitoy tili kuniga bag‘ishlangan holda Honor kompaniyasi hamda Turandot restorani hamkorligida turli turkumdagi master klasslar, taqdimotlar bilan boyitildi. Tadbirda 400 dan ziyod talaba yoshlar, Respublikamizda xitoy tili o‘qitilayotgan turli o‘quv muassalari o‘quvchilari va ularning ota-onalari faol ishtirok etishdi. Festival davomida qimmatbaho sovg‘alar lotoreyalari hamda Honor kompaniyasi taqdimoti bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Asosiysi madaniyatlararo muloqotning rivojiga xizmat qiluvchi mazkur turkumdagi festivallarga nisbatan yoshlarimizdagi qiziqish yanada ortib bormoqda!

_MG_83554

_MG_83555

_MG_83556

_MG_83557

_MG_83558

L79A7665

_MG_8458

_MG_8415

_MG_8556

_MG_8549

_MG_8597

_MG_8590

_MG_8582

_MG_8576