Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor o’qituvchilari Eron Islom Respublikasida bo’lib qaytishdi.

09.08.2022, 16:48 Yangiliklar 1233

Joriy yilning 8- iyulidan 5- avgustiga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Eron-afg‘on filologiyasi” mudiri Mirzaxmedova Hulkar va “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi dotsenti Turdiyeva Oydin Eron Islom Respublikasi Tehron universitetining Adabiyot va gumanitar fanlar fakultetida o‘z mutaxassisliklari doirasida bir oylik stajirovka muddatini o‘tab qaytdilar. Ushbu safar chog‘ida Tehron universiteti rahbariyati va professorlari bilan muloqot olib borildi.

Hamyurtlarimizni Tehron universitetining Adabiyot va gumanitar fanlar fakulьteti dekani pofessor Abdurizo Saif yuqori darajada kutib oldi. Stajirovka davri mobaynida o‘zbekistonlik professor o‘qitvchilar Tehron universitetning professor o‘qituvchilari professor Ali Shahidiy, professor Mahmud Fazilat, professor Muso Diboj, professor Hadicha Olemiylarning ma’ruzalarini tingldilar.

Shuningdek, O‘zbekistonlik professor o‘qituvchilar ham Tehron universitetida “O‘zbekistonda fors tili va adabiyotining o‘rganilishi” mavzusida prezentatsiyalar taqdim etdilar hamda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Tehron universitetidadagi stajirovka o‘tash faoliyati bilan bir qatorda o‘zbekistonlik professor o‘qituvchilar Tehrondagi Tarbiyate Mo‘darres universitetiga hamda Alloma Tabotaboiy universitetining fors tilini chet elliklarga o‘rgatish markaziga ham tashrif buyurdilar.

Ushbu muddat davomida O‘zbekistonlik professor o‘qituvchilar O‘zbekiston Ruspublikasining EIRdagi elchisi Abdullayev Bahodir Tehron shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo‘lishdi. Muloqot jarayonida TDSHU va Tehron universitetlari o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda tadqiqotchi almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv amalga oishirildi.

Shuningdek Tehron universiteti ustoz va talabalariga o‘zbek tilini fakulьtativ fan sifatida o‘qitishga mo‘ljallangan TDShU ning markazini ochish taklifi bildirildi.

TDSHU dotsenti Turdiyeva O.