Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilari “Mushtarak tarix va madaniyatga asoslangan Turkiya – O’zbekiston munosabatlarining 30 yilligi” mavzusidagi xalqaro tadbirda

24.03.2022, 22:40 Yangiliklar 1081

Bugun, “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Turkiya Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va Kommunikatsiyalar Boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mushtarak tarix va madaniyatga asoslangan Turkiya – O’zbekiston munosabatlarining 30 yilligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari , Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, yetakchi ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari hamda Toshkent davlat sharshunoslik universiteti Turkshunoslik fakulteti dekani J.Shabanov hamda “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti M.Mirzayevlar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda ikki mamlakatning yetakchi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, o‘zaro manfaatli ikki va koʼp tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

photo_2022-03-25_22-35-47