Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU professor-o‘qituvchilari tomonidan Chust, Yangiqo‘rg‘on va Rishton tumanlarida turizm sohasi bo’yicha seminar-trening tashkil etildi

07.12.2023, 15:17 Yangiliklar 276

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini yanada jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlari” to‘g‘risidagi 2023-yil 26-apreldagi 135 – sonli qarorining 4-bandida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda turizm mutaxassislari uchun sifatli xizmat ko‘rsatisnishning ilg‘or  usullari tog‘risida seminar-treninglar tashkil qilish topshirig‘i ijrosinini ta’minlash maqsadida 5-6-dekabr kunlari universitetning hamkor taskiloti “ZIYARAH TRAVELE” МЧЖ mutaxassislari hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm kafedrasi o‘qituvchisi R.Risqulov va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi dotsenti M.Asqarovlar tomonidan universitetga biriktirilgan Namangan viloyati Chust, Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanlariga tashrif uyushtirildi.

photo_2023-12-11_15-20-03

Tashrif davomida Namangan viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi bilan birgalikda Yangiqo‘rg‘on, Сhust va Farg‘ona viloyati Rishton turizm mutaxassislariga turizm sohasida xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, shuningdek sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb qilish borasida seminar – trening tashkil etildi.

“ZIYARAH TRAVELE” МЧЖ  menejeri Yuldashev Mansurjon Alijonovich tomonidan “Turistlarga sifatli gid xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirsh” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Mavzu doirasida turistlarga sifatli gid xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirshdagi asosiy muammolar va ularning yechimlariga e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi dotsenti M.Asqarov tomonidan “Mehmonxona xo‘jaligi xodimlarining kasbiy etikasi” mavzusida  ma’ruza qilindi. Shuningdek, turizmning yangi transformatsiyalashuvi borasida jahon turizm sektorida kuzatilayotgan zamonaviy tendensiyalar borasida ham suhbat olib borildi.

Seminar-treningda turizm sohasidagi mutaxassislar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi. Seminar-trening savol-javob va bahs munozaralarga boy, qizg‘in bo ‘ldi.